Britaniya 24 ming qochqinni Afrikaga deportatsiya qilishi mumkin
Ular Britaniyaga boshqa xavfsiz mamlakatdan kelgan va boshpana so‘ragan.

Foto: AP
Buyuk Britaniya 24 mingdan ortiq qochqinni Afrikadagi Ruanda davlatiga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Guardian yozdi.
2021 yilning yanvaridan 2023 yilning martigacha Buyuk Britaniyadan boshpana so‘ragan 24083 nafar xorijlikka qaytarib yuborilishi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborildi, dedi Ichki ishlar vazirligi jurnalistlarning so‘roviga javoban.
Deportatsiya Britaniyaga boshqa xavfsiz mamlakatdan kelgan va boshpana so‘raganlarga tahdid soladi. Bunday qoidabuzarlar xavfsiz uchinchi davlatga deportatsiya qilinishi kerak. Bu haqda Buyuk Britaniya bilan tegishli kelishuvga ega bo‘lgan yagona davlat — Ruanda.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 3859 nafar albaniyalik, 2715 nafar eronlik, 2558 nafar eritreyalik, 2555 nafar afg‘onistonlik, shuningdek, suriyaliklar, iroqliklar, gruziyaliklar, sudanliklar va yana o‘nlab mamlakatlar vakillari deportatsiya qilinishi kutilmoqda.
Yaqinda Britaniya Apellyatsiya sudi bunday deportatsiyani noqonuniy deb topdi, biroq Buyuk Britaniya va Ruanda hukumatlari ushbu kelishuvga sodiq qolishini ma’lum qilishdi. Britaniya hukumati qochqinlarni Afrikaga deportatsiya qilishga ruxsat berish uchun Oliy sudga murojaat qilmoqchi.
Mavzuga oid

23:24 / 09.04.2025
Britaniyalik rassomning 10 funtga xarid qilingan kartinasi 1 mln funtga sotilishi mumkin

18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi

08:30 / 07.04.2025
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

19:40 / 06.04.2025