O‘zbekiston | 08:50 / 01.07.2023
6109
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Isroil raqamli texnologiyalarni shahar boshqaruvida qo‘llash bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova Tel-Aviv-Yaffo shahri meri Ron Xulday bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Unda Toshkent va Tel-Aviv-Yaffo shahar ma’muriyatlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish, shaharlararo o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ron Xulday Isroilning O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirar ekan, Tel-Aviv-Yaffoning Toshkent bilan muloqotlarini rivojlantirish va aniq maqsadga yo‘naltirilgan loyihalarni ishlab chiqish tarafdori ekanini ma’lum qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, ichki va tashqi siyosat, millatlararo va diniy hamjihatlik hamda barqarorlikni mustahkamlash jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha turli sohalarda, shu jumladan, raqamli texnologiyalarni shahar boshqaruvida qo‘llash, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va sayyohlik sohasidagi aloqalarni kengaytirish singari yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan mushtarak manfaatdorlik bildirildi.

Mavzuga oid