Protezda frontga qaytgan askar va Baxmut atrofidagi harbiylar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 493-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Peterburgdagi biznes-markazdan «ChVK Vagner Tsentr W» viveskasini olib tashlashdi.
- Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar Ukraina 1991 yilgi chegaralariga qaytganidan keyingina bo‘lishi mumkinligini aytdi.
- Ukraina prezidenti shuningdek Ukraina qurolli kuchlari NATOning iyul oyidagi sammitidan oldin jang maydonida «natija» ko‘rsatmoqchi ekanini aytdi.
- Jurnalist Mixail Zigarning tasdiqlashicha, Putin Prigojinning isyoni kunida Peterburgda Kovalchukning yaxtasida hordiq chiqarayotgan bo‘lgan.
- The Washington Post xabariga ko‘ra, Ukraina razvedkasi MRB rahbariga Rossiya bilan muzokaralardan oldin Qrim chegarasiga raketa tizimlari joylashtirmoqchi ekanini bildirgan.
- Vagnerchilarning Belarusdagi yangi lageri aks etgani aytilayotgan yangi kadrlar e’lon qilindi.
- BBC va «Mediazona» hamkorligidagi loyiha Ukrainada halok bo‘lgan 27 ming rossiyalik harbiyning shaxsini tasdiqladi.
Kiyev iqtisodiyot maktabi hisoblariga ko‘ra, Ukraina Kaxovka GES to‘g‘onidagi halokat va uning oqibatlari tufayli kamida ikki milliard dollar yo‘qotdi.
RF yadro qurollari Belarusga joylashtirilgani munosabati bilan Polsha yana bir bor NATOdan o‘z hududiga AQSh yadro quroli joylashtirilishini so‘radi.
Permlik kishi harbiy komissariat binosiga o‘t qo‘ygani uchun 10 yil muddatga qat’iy rejimli koloniyaga hukm qilindi. Uni davlatga xiyonat va terakt sodir etish moddalari bo‘yicha aybdor deb topishgan. - Krasnodar o‘lkasidan Qrim ko‘prigiga kirishda avtomobillar imillab tekshirilayotgani tufayli ko‘p kilometrlarga cho‘zilgan navbatlar paydo bo‘ldi.
Oyog‘ini yo‘qotgan ukrainalik askar frontga qaytdi
Xerson chekkalari o‘qqa tutildi
1 iyul kuni Rossiya kuchlari Xersonda aholi yashovchi kvartallarni o‘qqa tutgan, bu haqda oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin ma’lum qildi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida besh kishi yaralangan, ulardan uch nafari — bolalar. Rossiya tomoni ushbu hujum yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Shebekinodagi vayrongarchilik
Shebekino shahri Belgorod oblastining Rossiya-Ukraina chegarasidan bir necha kilometr masofada joylashgan. Bu hudud rahbari Vyacheslav Gladkovning aytishicha, shahar va uning atrofi Xarkiv oblastidan turib deyarli har kuni ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutiladi. Quyida Shebekinoning bugungi manzaralari aks etgan suratlar.
Baxmut atrofidagi ukrain harbiy xizmatchilari
Chasiv Yar frontida dronlar qo‘llanishi
Kiyev atrofida havo hujumidan mudofaa tizimi
«Vagner» XHKning Belarusdagi lageri ekani aytilayotgan hududning kosmosdan ko‘rinishi
Mogilev oblasti Osipovichi rayonida Tsel posyolkasida joylashgan harbiy qismda bir necha kun muqaddam faol qurilish ishlari boshlandi. Rossiya va Belarusning mustaqil nashrlari manbalarga tayanib yozishicha, bu yerda, katta ehtimol bilan, Belarusga kelishi kutilayotgan «Vagner» XHK yollanma kuchlari uchun lager qurilmoqda. Bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmadi. Planet Labs kompaniyasi qurilish maydonining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan va oldingilariga qaraganda yuqori aniqlikda bo‘lgan suratlarini e’lon qildi.
Mavzuga oid
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
16:43 / 21.11.2024