O‘zbekiston | 20:52 / 06.07.2023
3715
1 daqiqa o‘qiladi

Elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 150 milliard so‘m ajratiladi 

Mablag‘lar elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlashga yo‘naltiriladi. 

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

«Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 2 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada 150 milliard so‘m budjet ssudasi ajratiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid