Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Altai Project Rossiyada nomaqbul tashkilot deb tan olindi
Rossiya Bosh prokuraturasiga Amerika tashkilotining Oltoydagi konlarni o‘zlashtirishga qarshi chiqishi, shuningdek, mahalliy xalqlarning «muqaddas yerlari»ni himoya qilish harakati yoqmadi.
Rossiya Bosh prokuraturasi AQShning The Altai Project nodavlat tashkiloti faoliyatini Rossiya hududida nomaqbul deb topdi. Bu haqda idora 5 iyul, chorshanba kuni xabar berdi. The Altai Project, o‘z veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Oltoydagi tabiatni muhofaza qilish va tadqiqotlarni, shuningdek, noyob hayvonlar turlarini (qor qoploni, yirtqich qushlar, Oltoy tog‘ qo‘ylari) va mintaqaning tub aholisi «muqaddas yerlarini» himoya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Rossiya Bosh prokuraturasining fikriga ko‘ra, tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishi «Sila Sibiri-2» gaz quvurining qurilishiga qarshi chiqishdir. Bundan tashqari, Rossiya nazorat agentligining ta’kidlashicha, tashkilot Qora-Ko‘l konini o‘zlashtirishga qarshi bo‘lib, o‘z pozitsiyasini mintaqa ekologiyasi uchun salbiy oqibatlar bilan tushuntirdi, bu, o‘z navbatida, «Rossiya kompaniyalarining raqobatbardoshligini cheklashga urinishdir».
The Altai Project veb-saytida Bosh prokuratura norozilik namoyishlarida qatnashishga va bo‘ysunmaslikka, shuningdek, Oltoy Respublikasida «muqaddas joylar uchun kurashish» zarurligiga chaqiriqlarni topdi. Ilgari Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) xalqaro nodavlat tashkiloti va Greenpeace xalqaro ekologik fondi Rossiyada nomaqbul tashkilotlar deb tan olingan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025