Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrodeputat: Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar 3-4 yilni talab qiladi
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni 2027 yilda yakunlash Bryussel va Kiyev o‘z oldiga qo‘yishi kerak bo‘lgan maqsaddir, dedi Ukraina-Yevropa Ittifoqi assotsiatsiyasi parlament qo‘mitasi a’zosi Andryus Kubilyus.
Kiyev va Bryussel Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni 2027 yilda yakunlashga intilishi kerak, dedi 5 iyul, chorshanba kuni Yevroparlament deputati Andryus Kubilyus. «Bizningcha, bu muzokaralar qanday kechishini aniq ifodalash kerak. G‘arbiy Bolqon uslubi boshqa, Markaziy Yevropa va Boltiqbo‘yi mamlakatlari uslubi boshqa», - dedi u Bryusseldagi Ukraina-Yevropa Ittifoqi assotsiatsiyasi qo‘mitasi yig‘ilishida.
Kubilyus Yevroparlamentda vakili bo‘lgan Litvaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar uch yil (xuddi shu narsa Latviya va Estoniyaga ham tegishli), Polshada esa to‘rt yil davom etganini eslatdi.
Shu bilan birga, Albaniya 2013 yilda, Serbiya 2012 yilda, Chernogoriya 2010 yilda, Shimoliy Makedoniya 2005 yilda Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini oldi. Ammo bu davlatlarning hech biri hali Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmagan. Bosniya va Hersegovina 2008 yilda Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya shartnomasini imzolagan va unga faqat 2022 yilda nomzod maqomi berilgan.
Muzokaralar tezligi «nafaqat Ukraina islohotlarda qanchalik oldinga siljishiga, balki uning institutlariga ham bog‘liq bo‘ladi», dedi Yevroparlament deputati. «Biz uch-to‘rt yil ichida muzokaralar olib borishga intilishimiz kerak. Bu yil boshlasak yaxshi bo‘lardi va 2027 yilda Litva YeI kengashiga raislik qilsa, buni tugatish mumkin bo‘ladi. Bu bizning rejamiz», - dedi Kubilyus kelajakni bashorat qilishning iloji yo‘qligini tan olib. «Ammo hozir bunday ambitsiyalar zudlik bilan zarur. Chunki Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralar Ukrainani qayta qurish bilan parallel ravishda olib boriladi va u yerga sarmoya kiritish uchun kelganlar bilishi kerakki, YeI va Ukraina bu ulkan reja uchun tayyor».
Qo‘mita hamraisi, Oliy rada deputati Vadim Galaychuk Kubilyusga muzokaralar rejalari bo‘yicha vaqt oralig‘ini belgilash chaqirig‘i uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025