Jahon | 15:17 / 07.07.2023
21456
5 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Lvivga, Ukraina - Yasinovatayaga zarba berdi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 498-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 6 iyul kuni Belgorod oblasti gubernatori oblast hududida havo hujumidan mudofaa kuchlari ishga tushgani haqida xabar qildi. Mash telegram-kanaliga ko‘ra, to‘qqizta dron neft ombori va nimstansiyaga hujum qilishga uringan.
  • NYT nashri xabariga ko‘ra, Bayden ma’muriyati Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar bermoqchi.
  • Rossiya Finlandiyaning Peterburgdagi bosh konsulxonasini yopishga qaror qildi. Bunga javoban mamlakatga rossiyalik tadbirkorlar, talabalar va ko‘chmas mulk egalarining kirishi qiyinlashtirildi. O‘zgarishlar 10 iyuldan kuchga kiradi. 
  • Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Avstriyaning Raiffeisen Bank International banki urush tez orada yakunlanishidan umid qilgan holda Rossiyadan ketishni ortga surmoqda.
  • Buyuk Britaniya «Sberbank»ning sobiq rais o‘rinbosari Lev Xasisga qarshi sanksiyalarni bekor qildi.
  • Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashinuvi o‘tkazildi. Bu jarayon doirasida Ukrainaga 45 kishi qaytgan, ularning barchasi — «Azovstal» himoyachilaridir. Shuningdek, Rossiya hududiga deport qilingan bolalardan ikki nafari ham Ukrainaga qaytgan. Rossiya uch nafar uchuvchisini asirlikdan qutqargan.

Kunning asosiy voqeasi: Lvivga zarba

6 iyulga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina g‘arbidagi Lviv shahriga raketa zarbasi yo‘lladi. Shahar meri Andrey Sadoviy hodisani Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon «Lvivda fuqarolik infratuzilmasiga qilingan eng yirik hujum» deb atadi. Sadoviyning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining Lviv oblasti boshqarmasi to‘qqiz qurbon va 36 nafar jabrlanuvchi haqida xabar bergan. Zarba 35 dan ortiq uy, 10 ta yotoqxona, shuningdek bolalar uyi, oliy ta’lim muassasining ikki binosi va boshqa fuqarolik infratuzilmalariga zarar yetkazgan. Qutqaruv-qidiruv amaliyoti 7 iyul tongida yakunlandi.

Rossiyaliklarning Lvivga raketa zarbasidan hosil bo‘lgan tutun
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan turar joy binosining yuqoridan ko‘rinishi. Uy yonida qutqaruvchilar ishlamoqda
Ukraina prezidenti matbuot  xizmati  / Reuters / Scanpix / LETA
Spasateli evakuiruyut ranenogo vo vremya rossiyskogo raketnogo udara po Lvovu
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Lvivda yaralangan ayol hujumdan so‘ng jurnalistlar bilan gaplashmoqda
Mykola Tys / AP / Scanpix / LETA
Olena Znak / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Lvivdagi turar joy binosi xarobalaridan mahalliy aholi vakili jasadini chiqarib olayotgan qutqaruvchilar
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Lvivlik ayol va uning kuchugi zarbadan shikastlangan turar joy binosi hovlisida
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyasi 

Ukrainaning «Edelveys» 10-desant-shturm brigadasi harbiylari rossiyaliklarning oldingi chiziqdagi pozitsiyalariga D-30 gaubitsasidan o‘t ochmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi ukrainalik qidiruvchilar

Ukrainalik qidiruvchilar halok bo‘lgan rossiyalik harbiy jasadini transportirovka qilmoqda. Uni Xarkiv oblasti Vernopile qishlog‘ida raketa zarbasidan vayron bo‘lgan maktab oldida hosil bo‘lgan o‘radan chiqarib olishgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Rossiya okkupatsiyasi ostidagi Yasinovatayaning o‘qqa tutilishi

Yasinovataya shahri Donetskdan 25 kilometr masofada joylashgan. Oblast markazi kabi bu shahar ham 2014 yildan buyon Rossiya qo‘shinlari okkupatsiyasi ostida. Anneksiya qilingan «DXR» rasmiylari 6 iyul kuni kechqurun ukrain qo‘shini Yasinovataya shahri va Lastochkino posyolkasini o‘qqa tutib, baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan 10 ta raket uchirishgani haqida xabar berdi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Rossiya FVV xodimlari shahar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganidan keyin turar joy binosida chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda

Yasinovataya o‘qqa tutilishidan keyin do‘konda chiqqan yong‘in

Mavzuga oid