Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport-ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish autsorsing asosida tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni autsorsing asosida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni autsorsing asosida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- sport-ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni autsorsingga o‘tkazish sport-ta’lim tashkilotlarining tashabbusi asosida Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
- sport-ta’lim tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlantirishni tashkil etishda, ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebeli tekin foydalanish huquqi bilan beriladi;
- autsorsing asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun narxlar (shartnomalar bo‘yicha), qoidaga ko‘ra, ko‘pi bilan bir kalendar yilda bir martda qayta ko‘rib chiqiladi;
- xizmatlar autsorsing asosida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan davlat budjeti mablag‘lari, birinchi navbatda, sport-ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda sport-ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida ko‘pi bilan uch oyda bir marta o‘rganishlar tashkil etadi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
- 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab kamida 10 ta sport-ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni autsorsing asosida tashkil etish choralarini ko‘radi;
- 2024 yil 1 aprelga qadar sport-ta’lim tashkilotlarida xizmatlarni autsorsing asosida ko‘rsatish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025