Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 62 nafar ishchi volgogradlik fermer qo‘lida og‘ir mehnatdan shikoyat qilishdi
Rossiya Federatsiyasining Volgograd oblastida joylashgan dehqon fermer xo‘jaliklaridan birida mehnat qilayotgan o‘nlab o‘zbekistonliklar qullarcha mehnat sharoitlaridan shikoyat qilishgan.
Bu haqda V102.RU sayti xabar bermoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha vakilning Volgograd oblastidagi apparatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiiston Respublikasi bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishgan.
Mehnat migrantlarining so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchi ularning shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, uzoq davrdan buyon oylik ish haqlarini to‘lab bermagan, asoslanmagan tarzda uzaytirilgan ish kuni belgilagan. Ushbu murojaat may oyida qilingan.
«Nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida dehqon-fermer xo‘jaligi rahbari, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi RF fuqarosi Ye. tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 62 nafar fuqarosiga nisbatan migratsiya qonunchiligini buzish holatlari aniqlanmadi», — deyiladi ombudsman apparati javobida.
Biroq, tekshirish mehnat qonunchiligi buzilishi holatlarini aniqlab bergan. Mehnat shartnomalarida ishlar uchun ruxsatnoma haqidagi yoki mehnat faoliyati olib borish uchun patent haqidagi, shuningdek, ishchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilmagan. Shuningdek, oylik ish haqini to‘lash, ishchilarni individual himoya vositalari bilan ta’minlash va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish bo‘yicha qoidabuzarliklar aniqlangan.
Dehqon-fermer xo‘jaligi rahbari ustidan arznoma tuzilgan. Aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, deyiladi xabarda.
Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi RFning Volgograd oblastida uch nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantining pasportlari va 160 ming rubl maoshi ish beruvchidan olib berilgani haqida xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025