O‘zbekiston | 16:18 / 09.07.2023
11366
1 daqiqa o‘qiladi

MSK: Saylovda davomat 60 foizdan oshdi

11 milliondan ortiq saylovchi o‘z tanlovini amalga oshirib bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston prezidenti saylovida soat 15:00 holatiga 11 705 357 nafar saylovchi (60,74 foiz) ovoz bergan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lumot berdi.

Nisbatan eng yuqori davomat Andijon (67,36 foiz), Farg‘ona (66,52 foiz) va Jizzax (66,25) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Mamlakatda 10 784 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Unda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan saylovchilar soni 19,2 milliondan ortiqni tashkil etgan.

Bundan avvalroq, 28 iyundan 5 iyulgacha bo‘lgan muddatdan oldin o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida 815,3 ming kishi, jumladan, 180,7 ming nafar xorijda, 634,5 ming nafar shaxs mamlakat ichida ovoz bergani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid