Jahon | 15:38 / 10.07.2023
20913
6 daqiqa o‘qiladi

Jangga qaytgan «Solnsepek» va Genichesk ko‘chalaridagi harbiy politsiya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 501-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 9 iyul kuni Turkiyadan Ukrainaga qaytib kelgan «Azovstal» mudofaasi komandirlari yana harbiy harakatlarda ishtirok etmoqchi, bu haqda «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko ma’lum qildi.
  • Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar Ukraina qurolli kuchlarining urushning 500 kunidagi muvaffaqiyatlari qatorida 2022 yil oktyabrida Qrim ko‘prigiga yo‘llangan zarbani ham sanab o‘tdi. Bungacha Ukraina hukumati hujumga aloqadorligini rad etardi.
  • Volodimir Zelenskiy hali NATOning 11–12 iyul kunlari Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etish borasida bir qarorga kelmagan. Bu haqda Ukraina vitse-premeri Olga Stefanishina ma’lum qildi. Ikki kun muqaddam NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Zelenskiy sammitga kelishini aytgandi.
  • Ukrainalik jurnalistlar olimpiya chempioni, Ukraina Qahramoni Sergey Bubkaning kompaniyalari okkupatsiya qilingan hududlarda faoliyat olib borayotganini aniqladi. Bu kompaniyalardan biri anneksiya qilingan «DXR» hukumatiga yonilg‘i yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Ukrainalik harbiylar rossiyaliklardan o‘lja olingan «Solnsepek» tizimidan o‘t ochmoqda

2022 yilda (aynan qachonligiga aniqlik kiritilmagan) «Da Vinchi bo‘rilari» bataloni jangchilari rossiyaliklarning «Solnsepek» og‘ir o‘tsochar tizimini (undan otilgan reaktiv snaryadlar nishonga tekkanida yondirib yuboradi) o‘lja qilib olgan. Quyidagi kadrlarni olgan fotosuratchi Konstantin Liberovning aytishicha, shundan buyon batalon jangchilari o‘lja qilib olingan «Solnsepek» «Da Vinchi bo‘rilari» komandiri Dmitro Kotsyubayloning (u 2023 yil 7 martida Baxmut atrofida halok bo‘ldi) «sevimli o‘yinchog‘i»ga aylanganini aytib hazillashib yurishgan. Lekin komandirning o‘limi tufayli ushbu quroldan foydalanishga ulgurishmagan.

Fotografning aytib berishicha, s’yomkadan biroz oldinroq u bilan «Da Vinchi bo‘rilari»ning yangi rahbari Yuriy Kapustyak (laqabi «Kapusta») bog‘lanib, uni «Solnsepek»ning 7 iyul kuni Luhansk oblastining Kreminna shahri atrofidagi front chizig‘ida qo‘llanishini tasvirga olishga chaqirgan. Qurol korpusiga batalon jangchilari o‘zlarining halok bo‘lgan sobiq komandirining chaqiruv belgisi — «Da Vinchi»ni yozib qo‘yishgan.

«[Jangchilar „Solnsepek“dan o‘t ocharkan] biz ayni vaqtda Da Vinchi yonginamizda turgandek his qildik.  Va u jilmayardi», — deya yozadi Liberov. Quyida u olgan kadrlar.

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Kramatorsk bo‘ylab yangi zarbadan keyingi vayrongarchilik

9 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Kramatorsk shahrini o‘qqa tutdi. Ukraina politsiyasining Donetsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi xabar qilishicha, hudud «Smerch» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutilgan. Uchta ko‘p kvartirali uy va avtomobillar shikastlangan, jabrlanganlar yo‘q.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Chernihiv oblastidagi ukrain ko‘ngillilari 

Repair Together tashkiloti ko‘ngillilari Chernihivdan 15 kilometr janubdagi Yahidne qishlog‘ida madaniyat uyining vayron bo‘lgan binosini tozalayotgan mahalda didjyey musiqa qo‘ymoqda. Keng ko‘lamli bosqin boshida Rossiya harbiylari bu binoning 200 kvadrat metr maydondagi yerto‘lasida 28 kun mobaynida mahalliy aholi vakillaridan 360 kishini ushlab turishgan. Yerto‘lada 12 kishi vafot etgan, qishloqning o‘zida yana 17 kishi halok bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari Yahidneni 2022 yil 3 aprelida ozod etadi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Repair Together ko‘ngillilari butun qolgan g‘ishtlarni bir-biriga uzatmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Chernihivdan taxminan 20 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Shestovitsa qishlog‘ida vayron bo‘lgan turar joy binosini tozalayotgan ko‘ngillilar. Ukrainalik harbiylar Shestovitsani 2022 yil 2 aprelida o‘z nazoratiga qaytargan.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Okkupatsiya ostidagi Genichesk shahrida patrul politsiya

 

Genichesk — Xersondan taxminan 170 kilometr janubi-sharqda joylashgan shahar. Rossiya qo‘shini bu yerni keng ko‘lamli urushning ilk kunidayoq egallab olgan. 2022 yil noyabrida Moskva tomonidan tayinlangan mahalliy rasmiylar Genicheskni Xerson oblastining bosib olingan qismining vaqtincha markazi deb e’lon qilishadi. Quyida shahar ko‘chalarining bugungi kundagi ko‘rinishi aks etgan suratlar.

Shahar bozoridagi harbiy politsiya xodimlari

Harbiy politsiyachilar blokpostda fuqarolik avtomobilini tekshirmoqda

Mavzuga oid