O‘zbekiston | 11:17 / 10.07.2023
58493
2 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidentligiga qayta saylandi
Saylovda davomat 79,8 foizni tashkil etgan. O‘zbekistonning amaldagi davlat rahbari 2030 yilga qadar prezidentlikda qoladi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovining dastlabki natijalarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezident saylovida 15,6 mln kishi, ya’ni saylovchilarning 79,8 foizi qatnashgan.
Shavkat Mirziyoyevga 13 mln 625 mingdan ortiq saylovchi (87,05 foiz) ovoz bergan. MSK raisi rasman Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Dastlabki natijalar:
- O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev — 87,05 foiz;
- XDPdan nomzod Ulug‘bek Inoyatov — 4,2 foiz;
- «Adolat» SDPdan nomzod Robaxon Mahmudova — 4,43 foiz;
- Ekopartiyadan nomzod Abdushukur Hamzayev — 3,74 foiz.
- Shavkat Mirziyoyev 2016 yil sentabrida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin vaqtincha davlat rahbariga aylangan, 2016 yil 4 dekabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida 87,73 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan, 2021 yil 24 oktyabridagi saylovda esa 80,12 foiz ovoz bilan 2026 yilgacha qayta saylangandi.
- 2023 yil aprel oyida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan keyin O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilangandi, yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident vakolatlari besh yildan yetti yilga uzaytirilgandi.
- Bundan tashqari, o‘zgarishlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik muddati nollashtirilgandi. Shunga ko‘ra, u 2030 yilgi prezidentlik saylovlarida ham o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:31
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
17:59 / 20.11.2024