Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat mulki obektlari bilan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar portali ishga tushiriladi
Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulki obektlari bilan savdo (tanlov)larni o‘tkazish jarayonlari ochiqligi va shaffofligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi prezidentning «Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, qaror loyihasini qabul qilishdan maqsad davlat mulki obektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotlarni shaffof va yagona platformada e’lon qilib borish, bozor kon’yukturasida shakllanadigan narxlar bo‘yicha tahliliy axborotlar manbasini yaratish, davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.
Qaror loyihasida davlat mulki obektlari bilan savdo (tanlov)larni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalini yaratish, portalga joylashtiriladigan axborotlar va unga integratsiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi
07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti
10:20 / 19.10.2024
Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi
09:12 / 14.09.2024