Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada daydi hayvonlarni o‘ldirishga ruxsat berildi
Ilgari daydi hayvonlarni o‘ldirishni taqiqlovchi usullar federal qonunlarda belgilab qo‘yilgan edi.
Rossiya Davlat Dumasi deputatlari hududlarga qarovsiz hayvonlar bilan kurashish yo‘lini tanlash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi. Ilgari daydi hayvonlarni o‘ldirishni taqiqlovchi usullar federal qonunlarda belgilab qo‘yilgan edi. Endi bu taqiq qonunchilikdan olib tashlandi — qarovsiz hayvonlar bilan qanday kurashish kerakligini hududlar mustaqil hal qiladi.
Bundan buyon egasiz hayvonlar bilan kurashish tartibini hududiy hukumatlar mustaqil belgilaydi. Shuningdek, ularga qarshi kurash choralari ro‘yxati belgilanadi. Shu bilan birga, daydi hayvonlarni ushlashda «Hayvonlarga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish to‘g‘risida»gi qonun talablari qo‘llanilmaydi. Misol uchun, unda «hayvonlarning shikastlanishi, jarohatlanishi yoki o‘limiga olib keladigan moddalar, dori-darmonlar, usullar, texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi» degan me’yor bor.
Rossiyada qarovsiz va daydi hayvonlarga nisbatan bunday qonunning qo‘llanishi ularning odamlarga, ayniqsa bolalarga hujum qilishi, jarohat yetkazishi kabi holatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025