O‘zbekiston | 07:33 / 12.07.2023
1189
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi tashkil etilayotgan agroklasterlar oliygohlar bilan hamkorlik o‘rnatadi

Prezident tomonidan “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

2023 yil 1 sentabrdan:

  • oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;
  • qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi muammolar bo‘yicha ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzulari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi. 
  • Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga  ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. O‘quvchilar 1 va 5 sinfdan qabul qilinadi.
  • Shuningdek:
  • Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
  • idoralararo Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi;
  • dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi tashkil etilmoqda.

Mavzuga oid