Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yuborilganini tasdiqladi
AQSh Ukraina Qurolli kuchlariga topshirishga va’da bergan kassetali o‘q-dorilar allaqachon Ukrainada, dedi Pentagon qo‘shma shtabi operatsiyalar bo‘yicha direktori Duglas Sims jurnalistlarga.
Simsning CNN tomonidan iqtibos keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «rossiyaliklardan farqli ravishda tinch aholiga yaqin joyda kassetali o‘qlardan foydalanishdan manfaatdor emas».
«Rossiyaliklar bu qurollarni aholi punktlarida tinch aholiga qarshi qo‘llagan, bu ukrainaliklar qilmoqchi bo‘lgan narsadan tubdan farq qiladi, - deya ta’kidlab o‘tdi u. - Ukrainaliklar kassetali o‘qlarni tinch aholiga emas, rossiyaliklarga qarshi taktik sharoitda qo‘llash niyatida».
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarining «Tavriya» guruhi qo‘mondoni general Aleksandr Tarnavskiy CNN telekanaliga Ukraina qo‘shinlari AQShdan kassetali o‘q-dorilar olgani, biroq ulardan hali foydalanmaganini ma’lum qilgandi.
«Biz ularni hozirgina oldik, lekin hali foydalanmadik. Ular jang maydonidagi vaziyatni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Dushman ham tushunadiki, bu o‘q-dorilarni olganimizdan so‘ng biz ustunlikni qo‘lga kiritamiz va ulardan foydalanish mumkin bo‘lgan hududlarni egallaymiz», - dedi Tarnavskiy.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025