Nashida yuborgani uchun 3 yilga qamalgan talaba ishi yuzasidan apellatsiya sudi davom etmoqda
14 iyul kuni Toshkent viloyati sudi apellyatsiya instansiyasida sinfdoshlariga nashida yuborgani uchun 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Jahongir Ulug‘murodov ishi bo‘yicha oxirgi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 17 iyul kuni apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqishi kutilmoqda.
Uzoq davom etgan sud tergovi tugab, tomonlar muzokaraga kirishgan. Jahongir Ulug‘murodovning yaqinlari va advokatlari suddan hukmni bekor qilib, yosh yigitni bevosita sud zalining o‘zida darhol ozod qilinishini so‘ramoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, sudda davlat ayblovini Toshkent viloyat prokuraturasining jinoiy sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat To‘lakov oldinga surmoqda.
Sud jarayonlarida qatnashayotgan Kun.uz muxbiriga ko‘ra, ish yuzasidan navbatdagi sud majlisi 17 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kirishi kutilmoqda.
Sud jarayonlari ochiq bo‘layotganiga qaramay, prokuror rozilik bermagani tufayli sudya jarayonni tasvirlarga olinishiga ruxsat bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 8 may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2-bosqich talabasi, 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov 3 yilga qamaldi.
U 2022 yilda sinfdoshlari a’zoligidagi Telegram-guruhga YouTube'dagi diniy qo‘shiq – nashida uchun havola yuborganlikda ayblanmoqda. So‘nggi vaqtlarda bunday “ayblovlar” bilan qamalayotgan yoshlar soni ortib bormoqda. Bu jamoatchilikda turli savollar va havotirlar uyg‘otmoqda.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024