Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Rossiyadagi konsullik agentligining yopilishiga javob qaytarishini e’lon qildi
«Agar Rossiya vakolatxonalarimizni tugatishni boshlasa, biz ham xuddi shunday javob beramiz», dedi Polsha hukumati rahbari Moravetskiy.
Varshava Smolenskdagi Polsha konsullik agentligining yopilishiga xuddi shunday qadam bilan javob qaytaradi. Bu haqda 14 iyul, juma kuni Polsha hukumati rahbari Mateush Moravetskiy matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Biz muntazam ravishda Rossiyaning tajovuzkor diplomatik xatti-harakatlari haqida ma’lumot olyapmiz», — dedi Moravetskiy. «Agar oxir-oqibat Rossiya bizning vakolatxonalarimizni tugatishga kirishsa, biz ham xuddi shunday javob beramiz», — deya vazirlar mahkamasi rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.
Polshaning Smolenskdagi konsullik agentligi 31 avgustda tugatiladi, uning vazifalari Moskvadagi elchixonaga o‘tadi, deya aniqlik kiritdi rasmiy Varshava.
14 iyul kuni Polshaning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Kshishtof Krayevskiy Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, unga Smolenskdagi konsullik agentligi yopilganligi haqida nota topshirildi.
Moskva Varshavani «Polshada akkreditatsiyadan o‘tgan rossiyalik diplomatlarga qarshi provokatsion harakatlarda», «Rossiya diplomatik mulkini tortib olishda va Rossiya elchixonasi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda», Kiyevni qo‘llab-quvvatlaganlikda va «sovet harbiy yodgorlik merosi»ni yo‘q qilishda aybladi.
Konsullik agentligi Polsha tomoni uchun ahamiyatli obidalar joylashgan viloyat hududida ishlagan. Gap «Katin» yodgorlik majmuasi va 2010 yilda o‘sha paytda Polsha prezidenti bo‘lgan Lex Kachinskiy vafot etgan Smolenskdagi aviahalokat joyi haqida ketmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025