Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli shamol Xorazm va Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarini elektrsiz qoldirdi
Noqulay ob-havo sharoitida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi.
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilyotgan noqulay ob-havo (kuchli shamol) oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasida uzilishlar sodir bo‘lmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyatining Urganch, Gurlan, Shovot, Bog‘ot, Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Xonqa tumanlarida kuchli shamol elektr simyog‘ochlarini qulatgan, uylarning tomini uchirib ketgan, daraxtlar qulab, elektr tarmoqlariga zarar yetkazgan. Oqibatda, elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuz bergan.



Qayd qilinishicha, «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi brigadalari tomonidan avariya holatlarini bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli shamol esishi oqibatida ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirilgan. Shu sababli, ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Kuchli shamol esishi to‘xtagandan so‘ng elektr ta’minoti tiklanishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025