Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi elektr energiyasi savdosi o‘zaro ayirboshlash ko‘rinishida amalga oshiriladi
2023 yil bahor mavsumida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 150 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Kelishuvga asosan, ushbu hajmdagi elektr energiyasi O‘zbekistonga yoz mavsumida qaytariladi.
Joriy yilning dastlabki 5 oyida Qirg‘iziston O‘zbekistondan 145,6 mln kVt-soat elektr energiyasi import qilgan va buning uchun 1,2 ming som pul to‘lagan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, «24.kg» xabar berdi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, ikki mamlakat energetika kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, elektr energiyasini yetkazib berish o‘zaro tovar ayirboshlash (olgan miqdori hajmida qaytarish) sharti bilan amalga oshiriladi.
Shunga asosan, 2023 yil bahor mavsumida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga (ichki iste’mol past davrda) 150 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
O‘z navbatida, kelishuvga asosan, ushbu hajmdagi elektr energiyasini Qirg‘iziston O‘zbekistonga yoz mavsumida qaytaradi. Shu bilan birga, Qirg‘iziston O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun shu davrda Norin daryosi orqali suv yetkazib beradi.
«O‘zbekiston Respublikasi arzimagan mablag‘ evaziga Qirg‘iz Respublikasiga katta miqdorda elektr energiyasi yetkazib bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar shu jihatdan mutlaqo asossizdir», deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025