Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Istanbulda xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlanganini rad etdi
Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, xorijliklarga birlamchi yashash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha cheklovlar Istanbulning barcha 39 tumaniga emas, balki 10 ta tumaniga tegishli.
Turkiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya departamenti Istanbulning barcha tumanlarida xorijliklarga birlamchi yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlangani haqida ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan ma’lumotni rad etdi. «Istanbulning 39 tumani xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berish uchun yopilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Buning uchun yopilgan 10 ta tuman mavjud», deyiladi idora 16 iyul, yakshanba kuni Twitter’da e’lon qilgan hujjatda.
Istanbulning 10 tumanida cheklovlar 2022 yil oktyabr oyidan beri amalda. Ular Fotih, Esenyurt, Avcilar, Bahcheliyevler, Bashashehir, Bagjilar, Esenler, Kuchukchekmejye, Sultongazi va Zeytinburnu hududlariga tegishli.
2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Turkiyada yashash uchun ruxsat olish bo‘yicha 63 ta tuman va 1169 ta mavze yopilgan, shundan 54 mavze Istanbulda bo‘lib, u yerda chet elliklar soni aholining 20 foizidan oshgan, deb ta’kidladi Migratsiya departamenti.
Avvalroq Turkiyaning Milliyet gazetasi Turkiya hukumati noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish maqsadida butun Istanbul bo‘ylab xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqini uzaytirganini xabar qilgan edi. Materialda shaharga o‘qish va davolanish uchun kelganlar uchun istisnolar bo‘lishi aytilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Turkiyada 5,4 million xorijiy fuqarolar bo‘lgan. Ularning 1,2 milliondan ortig‘i Istanbulda istiqomat qilgan. Ukrainada urush boshlanganidan keyin ko‘plab rossiyaliklar Turkiyaga ko‘chib o‘tdi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
18:23 / 16.05.2025