Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ish beruvchi tomonidan aldangan 12 fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
12 nafar fuqaro Qozon-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali qaytarildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Nijniy Novgorod shahridagi vakilligiga Cheboksari shahrida ishlayotgan bir guruh fuqarolar ish beruvchi oylik maosh va pasportni bermayotgani, yashab turgan xosteldan chiqarib yuborgani yuzasidan murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ishonib, Chuvashiya Respublikasining Cheboksari shahariga non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga avtobuslarda ish beruvchi hisobidan ishlash uchun borgan.
Ish beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqarolarning pasportlarini olgan va bir necha oy davomida ish haqi bermasdan ishlatgan. Hujjatlarini qaytarib bermay, noma’lum joyga qochib ketgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va o‘zbek diasporasi vakillari sa’y-harakati bilan fuqarolar xostelga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Fuqarolarning bir guruhiga Bosh konsulxona tomonidan vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirib berildi. Agentlik tomonidan 12 nafar fuqaro Qozon-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali qaytarildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025