O‘zbekiston gilosi asosan Rossiya bozoriga eksport qilinmoqda
O‘zbekiston 15ta davlatga gilos eksport qilgan.
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida 15ta davlatga qiymati 38,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna gilos eksport qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,4 ming tonnaga oshgan.
2023 yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchi bo‘lib turibdi – 19,8 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mamlakatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 6,4 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 6,1 ming tonna;
- Belarus – 333 tonna;
- BAA – 36 tonna;
- Xitoy – 29 tonna;
- Malayziya – 17 tonna;
- Saudiya Arabistoni – 10,5 tonna.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 7ta davlatga qiymati 1,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,4 ming tonna olma eksport qilgan.
2023 yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 2,5 ming tonna.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024