Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa iqtisodiy komissiyasi Markaziy Osiyoda suv resurslari monitoringi bo‘yicha yordam beradi
O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi a’zolari Nyu-Yorkka tashrifi davomida BMT institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ijrochi kotibi Olga Algayerova bilan Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, uning monitoringini olib borishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha YeIK bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
YeIK rahbari hozirda BMT doirasida suv masalasiga qaratilgan vositalar mavjudligi va ular 30 yillik sinovdan o‘tganini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida yangi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.
BMT Taraqqiyot dasturi administratorining yordamchisi — Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byuro direktori Ivana Jivkovich bilan uchrashuvda Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishiga qarshi, mahalliy aholi ijtimoiy himoyasini yaxshilashga qaratilgan texnik va moliyaviy loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning 2-Barqaror rivojlanish bondlarini chiqarishda BMTTD bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025