Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.
Unda so‘nggi vaqtlarda Turkiya politsiyasi tomonidan Istanbul va boshqa yirik shaharlarda «maxsus reyd» tadbirlari amalga oshirilib, Turkiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolariga, nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan, Turkiyada turli sabablarga ko‘ra bo‘lib turgan fuqarolardan mahalliy qonunlarga to‘liq rioya etishlari so‘ralgan.
«Fuqarolardan o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarini olib yurishlari so‘raladi», — deyiladi bosh konsulxona xabarida.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
18:23 / 16.05.2025