Jahon | 15:19 / 24.07.2023
15197
5 daqiqa o‘qiladi

Odessadagi vayrongarchiliklar va frontdagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 515-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Odessa bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Shahardagi yirik Spaso-Preobrajyenskiy sobori vayron bo‘lgan, 25 ta arxitektura yodgorligi shikastlangan. Tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, 21 kishi yaralangan (jumladan, to‘rt nafar bola ham).
  • RF mudofaa vazirligi Odessa o‘qqa tutilganini tasdiqladi, ammo Spaso-Preobrajyenskiy sobori «ukrainlarning havo hujumidan mudofaa kuchlari operatorlarining bilimsizlarcha harakatlari» tufayli vayron bo‘lganini bildirgan.
  • Aleksandr Lukashenko Peterburgda Vladimir Putin bilan uchrashuvda Belarusga joylashtirilgan «Vagner» XHK jangchilari uni «asabiylashtira boshlagani», ular «Varshavaga ekskursiyaga borish»ni xohlayotganini aytdi.
  • Xarkiv oblastida rossiyaliklarning Luhansk oblasti bilan chegaradagi Kucherovka qishlog‘iga yo‘llagan aviazarbasi oqibatida 70 yoshli ayol jarohat oldi.

Odessa bo‘ylab raketa zarbasi

23 iyul kuni Rossiya qo‘shini Odessani o‘qqa tutdi. Port infratuzilmasi, kamida oltita turar joy binosi, shuningdek o‘nlab avtomobillar zarba ostida qolgan. Bundan tashqari, shaharda 25 ta arxitektura yodgorligi shikastlangan, Odessadagi eng yirik pravoslav ibodatxonasi, Moskva patriarxatining Ukraina pravoslav cherkoviga mansub bo‘lgan Spaso-Preobrajyenskiy kafedral sobori — vayron bo‘lgan.

Hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan, 21 kishi jarohat olgan, ular orasida — to‘rt nafar bola ham bor.

RF mudofaa vazirligi zarbalar nishoni «RFga qarshi ekipajsiz katerlar orqali terrorchilik aktlari tayyorlangan obektlar, shuningdek Odessadagi katerlar ishlab chiqarilgan joylar» bo‘lganini ma’lum qildi. «Zarba berilgan obektlarda xorijlik yollanma kuchlar bo‘lgan. Zarba berish uchun rejalashtirilgan barcha nishonlar yo‘q qilindi», — deyilgan vazirlik xabarida va Spaso-Preobrajyenskiy sobori «ukrainlarning havo hujumidan mudofaa kuchlari operatorlarining bilimsizlarcha harakatlari» tufayli vayron bo‘lgani qo‘shimcha qilingan.

Odessa meri Gennadiy Truxanov o‘z videomurojaatida shaharda rossiyaliklardan «nafaqat nafratlanishlari, balki hazar qilishlari»ni aytgan. «Siz bizni sindira olmaysiz, faqat yanada g‘azablantirasiz. Himoyachilarimizning kuchi, oddiy odamlar dardi va g‘azabining ortishi siz uchun hukm bo‘ladi», — deya qayd etgan mer. Volodimir Zelenskiy esa «rossiyalik terrorchilarga Odessa uchun albatta javob qaytarilishi»ni va’da qilgan.

Spaso-Preobrajyenskiy soborining shikastlangan fasadi
Timofey Melnikov
Spaso-Preobrajyenskiy soborining rossiyaliklar hujumidan keyingi intereri
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar Odessani o‘qqa tutgan vaqtda vayron bo‘lgan binolardan biri
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Odessadagi milliy ahamiyatga ega bo‘lgan Olimlar uyining vayron bo‘lgan zallaridan biri
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Olimlar uyining vayron bo‘lgan xonasi
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Timofey Melnikov
Kommunal xizmat ishchisi rossiyaliklar raketasidan shikastlangan turar joylardan biridagi kvartirani ko‘zdan kechirmoqda
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

22 iyulga o‘tar kechasi RF armiyasi Donetsk oblastining Konstantinovka shahriga zarba yo‘lladi. Oblast harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, hujum vaqtida oilaviy juftlik halok bo‘lgan. Oskolkalar va zarb to‘lqini 20 ga yaqin xususiy uylar, maktab binosi va gaz quvuriga zarar yetkazgan.

Ukrainalik qutqaruvchilar rossiyaliklar zarbasidan keyin yonib ketgan yonilg‘i quyish shoxobchasida
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchi Konstantinovkadagi zapravkada yonib ketgan BMPdagi olovni o‘chirmoqda 
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya raketalaridan biri tushgan joyda hosil bo‘lgan ulkan o‘ra
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Konstantinovkaning markaziy ko‘chalaridan biridagi vayron bo‘lgan bino
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari

Yarador ukrain askari front chizig‘idan evakuatsiya bo‘lish oldidan chekmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina Milliy gvardiyasi Birinchi brigadasi harbiysi 105-millimetr kalibrli OTO-Melara Mod 56 gaubitsasidan o‘t ochmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi oldingi chiziqdagi boshpanada
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid