«Endi «tvit» emas, «iks» - Mask nega Twitter nomini o‘zgartirganini aytdi
Rebrendingdan so‘ng Twitter platformasidagi xabarlar «tvit» o‘rniga «iks» deb nomlandi.

Foto: Getty Images
Ilon Mask so‘zlariga ko‘ra, bundan buyon X platformasidagi (sobiq Twitter) postlar «tvit» emas, balki «iks» deb nomlanadi. Ijtimoiy tarmoq nomi yangi konsepsiya tufayli o‘zgartirildi: ilgari bu 140 belgidan iborat qisqa xabarlar edi, endi esa istalgan hajmdagi xabar va videoni yuklash mumkin. Bu esa qushcha logotipi, Twitter nomi va «tvit» atamasini mantiqsiz qiladi.
Mask tez orada ijtimoiy tarmoqqa murakkab kommunikatsiyalar va «barcha moliyaviy operatsiyalardan foydalanish imkoniyatini» joriy qilishni va’da etmoqda. Shuningdek, u kelajakda hamma narsa uchun mo‘ljallangan X deb nomlanuvchi qandaydir ilovani ham taqdim qilmoqchi.
Twitter rebrendingi haqida 24 iyul kuni xabar berildi. Ijtimoiy tarmoq X deb nomlana boshladi. Platforma logotipi ham o‘zgardi: unda ko‘k qushcha o‘rniga X harfi tasvirlangan.
Mask Twitter platformasini 2022 yil oktabr oyida sotib oldi. Bitim 44 milliard dollarni tashkil etdi. Mask ko‘p o‘tmay rahbariyatni o‘zgartirdi va xodimlarning deyarli yarmini ishdan bo‘shatdi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqdagi kontentni monetizatsiya qilish boshlanganini e’lon qildi.
Mavzuga oid

09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi

22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi

18:44 / 22.05.2025