Mirobod va Yashnobod tumanlari elektr ta’minotidan qisman uzildi
Bugun, 25 iyul kuni soat 11:35 da Toshkent shahridagi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi.

Foto: Kun.uz
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Mirobod va Yashnobod tumanlarining iste’molchilari elektr ta’minotidan qisman uzilgan.
Hozirda yuzaga kelgan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

09:01 / 28.04.2025