O‘zbekiston | 20:29 / 25.07.2023
3092
2 daqiqa o‘qiladi

Sanoat korxonalarida «yashil texnologiyalar» joriy etiladi 

Qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallurgiya, kimyo va to‘qimachilik sanoati korxonalarida «yashil texnologiyalar» joriy etiladi. 

Vazirlar Mahkamasining «Ayrim sanoat sohalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish va muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 300-son qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, «yashil texnologiyalar» quyidagi tarmoqlarda joriy etiladi:- qurilish materiallari;

- metallurgiya, kimyo va to‘qimachilik sanoati. 

O‘zbekistonning «Ohangaronsement» AJ, «Knauf Gips Farg'ona» MChJ, «Olmaliq KMK» AJ,  «Maxam-Chirchiq» AJ va «Zelal Tekstil» MChJ kabi yetakchi korxonalarining chiqindisiz ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi texnologiyalardan foydalanish va xavfsiz kimyoviy moddalarni qo‘llashga o‘tish bo‘yicha tajribasi o‘zlashtiriladi. 

Tarmoq korxonalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tarmoqni chiqindisiz sohaga aylantirish, shuningdek, aylanma iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ham tasdiqlandi. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 21 iyuldan kuchga kirdi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid