Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini yuboradi
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yangi 400 million dollarlik (362 million yevro) harbiy yordam paketini taqdim etadi.
U, jumladan, Patriot va NASAMS zenit-raketa tizimlari, shuningdek, HIMARS reaktiv o‘t ochish tizimlari uchun o‘q-dorilarni, FIM-92 Stinger ko‘chma zenit-raketa komplekslari hamda Javelin tankka qarshi raketa tizimlari, 32 ta Stryker zirhli mashinani, BGM-71 TOW tanklarga qarshi og‘ir raketa komplekslari uchun raketalarni, shuningdek, tungi ko‘rish moslamalari va teplovizorlarni o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi AQSh Mudofaa vazirligi.
Bundan oldin AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qilgandi, uning umumiy hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Yordam paketi to‘rtta NASAMS zenit-raketa tizimlari va ularga o‘q-dorilar, 152 millimetrli artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarshi raketalar, yuqori aniqlikdagi aviatsiya o‘q-dorilari, Phoenix Ghost va Switchblade uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, dronlar va elektron urushlarga qarshi vositalarni o‘z ichiga oladi, deya xabar berdi Amerika Mudofaa vazirligi.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Ukraina uchun 150ta yonilg‘i quyish qurilmasi, 115ta texnikani tortish va tashish uchun taktik mashina, texnikani evakuatsiya qilish uchun 50ta taktik mashina, portlar va bandargohlarni himoya qilish va minalardan tozalash uchun uskunalar, shuningdek, taktik xavfsiz aloqa tizimlarini sotib oladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025