Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari sammiti o‘tkaziladi
Tadbir avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
26 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o‘rtasida videokonferens-aloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda joriy yil avgust oyida Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.
Vazirlar bo‘lajak yig‘ilishning dasturi loyihasi, kun tartibi, shuningdek, sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qilgan.
Mavzuga oid
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025