Duma harbiy xizmatga chaqiruv qoidalarini buzganlik uchun jazoni kuchaytirdi
Yangi qonunga ko‘ra, fuqaro harbiy ro‘yxatga olish idorasiga chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha kelmagani uchun 30 ming rublgacha jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
25 iyul, seshanba kuni Davlat dumasi deputatlari harbiy ro‘yxatga olish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini ko‘paytiruvchi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun Rossiya prezidenti tomonidan imzolanishi kerak va kuzgi chaqiruv davrida kuchga kirishi mumkin.
Qonunga ko‘ra, fuqaroning chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha harbiy ro‘yxatga olish idorasiga kelmagani uchun jarima 30 ming rublgacha oshiriladi. Boshqa hudud yoki davlatga ko‘chib o‘tish, ta’lim maskani, ish joyi yoki lavozimini, oilaviy ahvolini o‘zgartirish to‘g‘risida harbiy ro‘yxatga olish organiga xabar bermagan harbiy yoshdagi fuqarolar 5000 rubl to‘laydi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish davrida harbiy ro‘yxatga olish bo‘limiga xabar bermasdan ko‘chish chaqiriluvchiga 20 ming rublgacha jarima solish bilan tahdid qiladi.
Harbiy chaqiruv tadbirlari uchun belgilangan tibbiy ko‘rikdan bo‘yin tovlash harakatlariga 25 ming rublgacha jarima solinadi.
Mansabdor va yuridik shaxslarga nisbatan ham ko‘plab ma’muriy javobgarlik choralari joriy etildi. Fuqarolarning o‘z vaqtida xabardor qilinishi va kelishini ta’minlash majburiyatini bajarmaganlik, dastlabki harbiy ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini harbiy xizmatga qabul qilish komissiyasiga taqdim etmaganlik, fuqarolarni harbiy komissarlikka chaqirish to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun jarimalar va boshqalar shular jumlasidan.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024