Iqtisodiyot | 09:35 / 26.07.2023
19318
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga 1,3 mlrd dollarlik mahsulotlar sotdi

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

Foto: Shutterstock

2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 1,3 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1 mlrd hamda 699,3 dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

—  Turkiya – 617 mln;
—  Afg‘oniston – 367,4 mln;
—  Qirg‘iziston – 350 mln;
—  Tojikiston – 287,5 mln;
—  Fransiya – 195,3 mln;
—  BAA – 113 mln;
—  Eron – 95,5 mln AQSh dollari.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 5,3 mlrd dollar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 4,4 mlrd hamda 2,2 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Mavzuga oid