Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada gubernatorlarga harbiy kompaniyalar tashkil etishga ruxsat berilishi mumkin
Rossiya Davlat dumasi tomonidan iyun oyida birinchi o‘qishda qabul qilingan, chaqiruv yoshini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga e’lon qilingan tuzatishlarda hujjat mavzusiga aloqador bo‘lmagan bandlar mavjud.
Xususan, ular Rossiya hududlariga o‘zlarining harbiylashtirilgan kompaniyalarini tashkil etish va ularni qurollantirish imkonini beruvchi qoidani o‘z ichiga oladi.
Ushbu o‘zgartirish gubernatorlarga xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat chegarasini qo‘riqlash, safarbarlik, harbiy holat yoki urush davrida qo‘riqlash va razvedka guruhlari hamda noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurashish uchun davlat unitar korxonalarini tashkil etish imkonini beradi.
Shu bilan birga, bunday kompaniyalar federal va mintaqaviy budjetlar hisobidan moliyalashtiriladi.
«Agenstvo» nashrining yozishicha, shu orqali Rossiya parlamenti birinchi o‘qishdan o‘tgan, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan qonun loyihasini ikkinchisiga qo‘shish mexanizmini faollashtirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025