Jahon | 20:37 / 27.07.2023
19776
2 daqiqa o‘qiladi

Prigojin kutilmaganda «Rossiya-Afrika» sammitida ko‘rinish berdi

Afrika qit’asi «vagnerchilar» uchun begona emas.

Foto: Dimitri Sytyi /Facebook

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin kutilmaganda Sankt-Peterburgda o‘tkazilayotgan «Rossiya-Afrika» sammitida paydo bo‘ldi. 

Prigojinning Markaziy Afrika Respublikasi vakili bilan tushgan suratini uning «o‘ng qo‘li» Dmitriy Sitiy nashr etdi. 

«Elchi men bilan Rossiya-Afrika sammitining ilk suratlarini baham ko‘rdi. Biz tanish chehralarni ko‘ryapmiz», deb yozdi u. 

«Vagnerchilar» Afrika qit’asi uchun begona emas. Ular Afrikada ilk bor 2017 yilda, Rossiya Sudandagi mojaroga aralashib, o‘sha paytdagi prezident Umar Hasan al-Bashir tarafini olgan paytda paydo bo‘lgan. 

2018 yilda Markaziy Afrika Respublikasida ham rossiyalik jangchilar paydo bo‘ldi. 

Hozirgi kunga qadar «Vagner» jangchilari tarqoq holda Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Liviya, Mali, Mozambik, Kamerun, Madagaskar, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Ekvator Gvineyasi, Janubiy Afrika, Zimbabve, Keniya kabi mamlakatlarda ham ko‘rinish bergan. 

The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, «Vagner» Afrika qit’asida oltin kabi resurslarni tolon-taroj qilmoqda. O‘tgan yil davomida guruh Afrikada oltin qazib olishdan bir milliard dollarga yaqin daromad ko‘rgan. 

Mavzuga oid