O‘zbekiston | 15:18 / 28.07.2023
18819
1 daqiqa o‘qiladi

«Huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan bir qator rahbarlar bor» - Shavkat Mirziyoyev

Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Aslida ham, aholining tinchligini ta’minlash mahalladan boshlanishi kerak. Lekin mahallada jinoyatchilikni jilovlash ahvolidan xalqimiz qanchalik rozi?” - deya savol qo‘ydi prezident.

Misol uchun, o‘tgan olti oyda mahallalarda barvaqt oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. Qotillik va tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning 50 foizi oilaviy-maishiy nizolar va muntazam janjallar oqibatida, o‘g‘rilikning 70 foizi ishsizlik va moddiy yetishmovchilik sabab, yoshlar va o‘smirlar jinoyatlari, asosan, oiladagi muhit va huquqiy savodxonlik yetishmasligi tufayli sodir bo‘lmoqda.

Shuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikning oldini olishda jilovni qo‘yib yuborgan.

"Ular orasida shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun ko‘rayotgan, huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan bir qator rahbarlar ham bor", - dedi davlat rahbari.

Mavzuga oid