Olmazor tumanida elektr ta’minoti qisman o‘chirildi
Nosozlik bugun soat 14:00 ga qadar bartaraf etilishi va iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklanishi aytilgan.
Bugun, 28 iyul kuni soat 07:50 da Toshkent shahridagi «Bibliotechnaya» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Olmazor tumani iste’molchilari (Qorasaroy, Sag‘bon, G‘alaba bog‘idagi jami 520 ta xonadon) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirda maxsus brigada tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik bugun soat 14:00 ga qadar bartaraf etilishi va iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklanishi aytilgan.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025