Prezident oilaviy zo‘ravonlik holatlariga e’tibor qaratdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yangi topshiriqlar berildi.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘tgan olti oyning o‘zida turli nizolar tufayli 600 dan ziyod jinoyat sodir etilgani ta’kidlandi.
Ayollar jinoyatchiligining 40 foizga yaqini ishlamaydigan yoki doimiy band bo‘lmagan xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan. Bundan tashqari, jinoyatdan 2,7 mingga yaqin, oilaviy zo‘ravonlikdan 20 mingga yaqin ayollar jabr ko‘rgan.
Davlat rahbari yaqinda Farg‘onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga olib, bu holat vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turganini aytdi.
Ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotgani qayd etildi.
Davlat rahbari yangi tuzilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi doirasida har bir tumanda:
- ijtimoiy xizmatlarni «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar markazlari;
- psixolog, huquqshunos, ijtimoiy xodimdan iborat «mobil guruhlar»;
- zo‘ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Koll-markazlar» tashkil qilishni topshirdi.
Qiyin ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
Agentlik viloyat hokimlari bilan birga yil yakuniga qadar barcha hududlarda aholiga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatuvchi «Inson» markazlarini ishga tushiradi.
Mavzuga oid
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
20:57 / 31.10.2024
Sudanda 130 ayol jinsiy zo‘ravonlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
17:11 / 24.10.2024
10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
21:33 / 19.10.2024