Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Budapesht yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Vengriya bilan transport sohasidagi aloqalar rivojlantiriladi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Vengriya poytaxti Budapesht shahriga xizmat safari amalga oshirildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uning doirasida transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Vengriya davlat kotibining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Katalin Bixari hamda xalqaro munosabatlar boshqarmasi rahbari Judja Zegner bilan uchrashdi.
Uchrashuvda transport-logistika hamda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirishda ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan takliflar muhokama etildi.
Toshkent – Budapesht yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda ushbu yo‘nalishdagi reyslar muntazamligini ta’minlash bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:07 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashdi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025