Bolani quyosh urishidan himoya qilish usullari aytildi
Bolaga bosh kiyimi, qo‘l va oyoqlarini qoplaydigan yengil kiyim kiydiring. Ichimlik suvi bilan ta’minlang.
Yoz - bolalar ochiq havoda ko‘p o‘ynaydigan vaqt. Ota-onalar ham farzandlarining iloji boricha ochiq havoda bo‘lishini xohlaydi. Biroq, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasa, quyosh nuri bolalar salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Qozog‘istonning «Alau» reabilitatsiya markazi direktori, pediatr Mayya Shegebayeva ma’lum qildi.
Shifokorning fikricha, quyosh nuri teridagi murakkab biokimyoviy jarayonlarni faollashtiradi, butun organizmga, asab tizimiga, qon aylanish tizimiga, umumiy metabolizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi, bakteritsid xususiyatiga ega va vitaminlar sintezi mexanizmini faollashtiradi. Biroq, quyosh nuri ostida haddan ziyod bo‘lish teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
«Agar uzoq vaqtga sayrga chiqsangiz yoki quyosh ostida ko‘p vaqt qoladigan bo‘lsangiz, bolaga qo‘l va oyoqlarini qoplaydigan yengil kiyim kiydiring. Bosh kiyim kiydirishni unutmang, tananing ochiq qismiga maxsus quyosh kremini suring va bolani ichimlik suvi bilan ta’minlang. Quyosh kremini tanlashda ko‘rsatmalarga e’tibor bering - u bolalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Foydalanish qoidalarini diqqat bilan o‘rganing», dedi u.
Mayya Shegebayeva ertalab soat 10.00 dan 16.00 gacha quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni, bu vaqtni uyda yoki soyada o‘tkazishni tavsiya etadi.
«Agar siz kunni plyajda yoki parkda o‘tkazishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, soyali joy toping va soyabon yoki chodir o‘rnating. Bolalarni quyoshning tik nurlaridan himoya qilish kerak, chunki ular sezgir bo‘ladi. Quyoshda yurish oqibatida kuyish ko‘rinishidagi turli toshmalar yuzaga keladi. Og‘ir holatlarda og‘izda ko‘pik paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, isitma, titroq va bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda shifokorga murojaat qilish kerak», dedi shifokor.
Agar bolani kun urgan bo‘lsa, u davolanishi kerak, agar jiddiy bo‘lsa, hatto kasalxonaga yotqizilishi mumkin. Shu bilan birga, shifokor kunning issiq vaqtida bolaga ko‘p miqdorda suyuqlik berishni tavsiya etadi.
«Ushbu oddiy qoidalarga amal qilgan holda, bolangizni quyosh urishidan himoya qilishingiz mumkin. Farzandingiz salomatligi eng muhimi ekanini unutmang», deb ogohlantirdi shifokor.
Mavzuga oid
23:55 / 26.11.2024
Dunyoda OIVga chalinish va undan o‘lim 12 yil ichida keskin kamaydi - tadqiqot
21:24 / 23.11.2024
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
17:32 / 18.11.2024