Jamiyat | 11:45 / 30.07.2023
30722
3 daqiqa o‘qiladi

Oxirgi mingyillikdagi eng issiq oyni dunyo va O‘zbekiston qanday o‘tkazdi? (fotojamlanma)

Birlashgan millatlar tashkiloti 2023 yil iyuli oxirgi mingyillikda dunyo tarixidagi eng issiq oy bo‘lganini e’lon qildi. Kun.uz yirik xalqaro va mahalliy nashrlar e’lon qilgan suratlarni bir joyga jamladi.

Piazza del Popolo maydonidagi fontanda sovishga harakat qilayotgan odam. Italiya, 18.07.2023/Foto: Reuters
Ho‘l sochiq tutgan yo‘lovchi. Toshkent. 20.07.2023/ Foto: E’zoza Umrzoqova
Giza piramidasi yonida chanqagan otga suv berilyapti. Misr. 19.07.2023/Foto: Reuters
Suv ichidan huzur topgan bolakay. Toshkent. 19.07.2023/Foto: E’zoza Umrzoqova
Naugman daryosida cho‘milayotgan bolalar. Pokiston. 27.07.2023/Foto: Reuters
Fontanda cho‘milayotgan qizlar. Toshkent. 20.07.2023/Foto: E’zoza Umrzoqova
Yong‘in ichida qolgan daraxt. Gretsiya/Foto:BBC
Volos shahridagi sanoat zonasida chiqqan yong‘in. Gretsiya. 26.07.2023/ Foto: Reuters
Issiqdan himoyalanish uchun boshiga doka tashlab olgan qariya. Toshkent. 20.07.2023/Foto: E’zoza Umrzoqova
Suvda cho‘milayotgan o‘rdak bolalari. Toshkent. 20.07.2023/Foto: E’zoza Umrzoqova
Feniks shahrida 19 ketma-ket 112F (43C) daraja issiq kuzatilgani sabab, elektron doskada qayd etilgan harorat. AQSh, Arizona. 18.07.2023/ Foto: Reuters
Yuqori harorat tufayli maktablar yopilgandan keyin uyda qolgan bolalar. Mexico/Foto:BBC
Qo‘lida ayron ushlab olgan haydovchi. Toshkent. 20.07.2023/Foto: E’zoza Umrzoqova
Jaziramada hushini yo‘qotgan odamga yordam berayotgan shifokor. Mexico. 14.07.2023/ Foto: Reuters
Boshiga doka tashlab, kepka kiyib olgan quruvchi. Toshkent. 20.07.2023/Foto: E’zoza Umrzoqova
Sovuq suvli bakalajkani ajratib olayotgan xaridorlar. Toshkent. 20.07.2023/Foto: E’zoza Umrzoqova
Mekanix Gym sog‘lomlashtirish markazida muzli vanna qabul qilayotgan Jyeyson Valigura. AQSh, Texas. 19.07.2023/ Foto: Reuters
O‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda qatnashib, sovishga urinayotgan o‘t o‘chirish xodimi. Albaniya. 26.07.2023/ Foto: Reuters
Laura daryosining qumli qirg‘oqlari. Fransiya. 26.07.2023/Foto: Reuters
Treska daryosida sho‘ng‘igan odam. Shimoliy Makedoniya. 13,07.2023/Foto: Reuters
Segesta ibodatxonasi atrofida yong‘indan qovjiragan maysalar. Italiya. 25.07.2023/Foto: Reuters
Richman bog‘ida yo‘l ustida cho‘milayotgan bolalar. AQSh, Nyu-York. 20.07.2023/Foto: Reuters
Afina yaqinidagi Vlyhada qishlog‘i yaqinida yonayotgan o‘rmon yong‘ini. Italiya. 19.07.2023/Foto: Reuters
Issiqda o‘zi bilan ventelyator olib yurgan qariya. Ispaniya. 18.07.2023/Foto: Reuters
Yuqori harorat prognoz qilingandan keyin uyma-uy qariyalar qon bosimini o‘lchab yurgan shifokorlar. Italiya. 18. 07. 2023/Foto: Reuters
Ko‘chada ichimlik sotayotgan savdogar. AQSh, Texas. 12.07.2023/Foto: Reuters
Issiqdan tutqanog‘i tutib qolgan ayolni olib ketayotgan tez yordam xodimlari. AQSh, Texas. 10.07.2023/Foto: Reuters

Mavzuga oid