Manba: Toshkent viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi
Shavkatjon Rahimovdan tashqari, uning birinchi o‘rinbosari ham lavozimidan bo‘shatilgani aytilmoqda.

Shavkatjon Rahimov
Toshkent viloyati prokurori Shavkatjon Rahimov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar berdi. Iste’fo sababi ma’lum emas.
Manbalarga ko‘ra, o‘tgan haftada – 26 iyul kuni Rahimovning birinchi o‘rinbosari Abdulhamid Komilov ham lavozimidan bo‘shatilgan.
Shavkatjon Rahimov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga 2022 yilning sentabr oyi oxirida tayinlangan edi. Bungacha u bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2023 yil aprelida Kun.uz Rahimovning qo‘l ostidagi qator xodimlar undan norozi ekani haqida yozgandi.
Mavzuga oid

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025
Milliy tibbiyot markazida komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

20:30 / 18.03.2025