Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaga dronlar hujumi oqibatlari, Baxmut atrofidagi yarador askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 522-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Moskva bir hafta davomida ikkinchi bor uchuvchisiz uchar qurilmalar hujumiga yo‘liqdi. Moskva-Siti ishbilarmonlar markazidagi ikki osmono‘par bino shikastlangan. Favqulodda xizmatlarga ko‘ra, bir kishi jarohat olgan.
- Sumi shahrida Rossiya raketa zarbasi oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, 20 kishi jarohatlandi.
- RF mudofaa vazirligi 30 iyulga o‘tar kechasi ukrainlarning 25 ta droni Qrimga hujum qilganini ma’lum qildi. Vazirlikning tasdiqlashicha, barcha dronlar yo‘q qilingan, jabrlanganlar va vayrongarchiliklar yo‘q. Ukraina tomoni bu hujum yuzasidan munosabat bildirmadi.
- Rim papasi Rossiyani Ukraina Qora dengizdagi portlardan g‘alla eksport qilishini ta’minlaydigan g‘alla kelishuviga qaytishga chaqirdi. RF bu kelishuvni 17 iyul kuni tark etgan, buni kelishuvning Rossiyadan o‘g‘it eksport qilishni osonlashtirishga taalluqli qismiga amal qilinmayotgani bilan izohlagandi.
Moskva-Sitiga dronlar hujumi
30 iyulga o‘tar kechasi Moskva yana bir bor uchuvchisiz uchar qurilmalar hujumiga uchradi. Ulardan ikkisi Moskva-Siti ishbilarmonlar markazidagi binolarga — «IQ-kvartal» va «Oko-2» minoralariga kelib urilgan — portlashlar oqibatida bu ikki binoning bir necha qavatlaridagi oynalar sinib ketgan. Hukumat jabrlanganlar haqida rasman xabar bermagan, ammo favqulodda xizmatlar «Oko-2» binosida qo‘riqchi yaralanganini ma’lum qilgan.
Shahar meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, dronlar ukrainlarniki bo‘lgan. Kremlda bu haqda hech narsa deyishmadi. Ukraina prezidenti ofisida ham hujumga aloqadorlik tasdiqlanmadi. Ukraina QK havo kuchlari rasmiysi Yuriy Ignat «Rossiyada doim nimadir uchishi va bu Moskvaga ham taalluqli ekani»ni aytdi. Volodimir Zelenskiy «urush asta-sekin Rossiya hududiga qaytishi» haqida gapirdi.
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Vlad Karkov / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Vlad Karkov / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibati
Baxmut yaqinidagi tibbiy punktdagi yarador askarlar
Kiyevda «Rodina-mat» yodgorligidan SSSR gerbi demontaj qilinishi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025