Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Ukraina qurolli kuchlari uchun Starlink terminallarini sotib oladi
AQSh Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa stansiyalarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Kelishuv shartlari Pentagon terminallarning ishlash hududini aniqlab berishini nazarda tutadi.
AQSh Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari uchun xizmatlar to‘plamiga ega 400-500 ta Starlinks sun’iy yo‘ldosh internet stansiyalarini sotib oladi, deb xabar berdi The New York Times (NYT) o‘z manbalariga tayanib. Kelishuv iyun oyida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan tasdiqlangan edi.
Nashr manbalariga ko‘ra, shartnoma shartlarida Pentagon terminallarning «asosiy funksiyalari bajarilishi» uchun zarur bo‘lgan hududlarni mustaqil ravishda aniqlash maqsadida Starlink internet-signalining sozlamalarini boshqarishi mumkinligi nazarda tutilgan.
New York Times gazetasi bildirishicha, AQSh Mudofaa vazirligining terminallarni sotib olish qarori Starlink egasi Ilon Mask sun’iy yo‘ldosh aloqa qurilmalarini o‘chirib qo‘yishi yoki ularning ishini cheklashi mumkinligidan tashvishlanmasdan Ukrainani terminallar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
AQSh ma’muriyati Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining eng yirik mijozlaridan biri hisoblanadi. Vashington NASA missiyalari va harbiy kuzatuv sun’iy yo‘ldoshlarini uchirish uchun SpaceX raketalaridan foydalanadi. New York Times manbasiga ko‘ra, Pentagonning yuqori martabali vakillari Ukrainada Starlink terminallaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga uringan. AQSh Mudofaa vazirligi Starlink bilan shartnoma tuzayotganini tasdiqladi, biroq «ushbu tizimlarning strategik xususiyati»ni hisobga olib, batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
23:31 / 29.04.2025
Pentagon ayollar huquqlarini kengaytirish dasturini yopdi
21:11 / 24.04.2025