Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston o‘zbekistonlik onkologlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etadi
O‘zbekiston elchixonasi vakillari Hindistondagi Sarvodaya Healthcare ko‘p tarmoqli shifoxonasining Onkologiya instituti direktori Dinesh Pendxarkar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Onkologiya instituti direktori o‘zbekistonlik shifokorlar bilan ko‘p yillik yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirish, hududlarda onkologiya yo‘nalishidagi masalalarga yechim topishga ko‘mak berish, shuningdek, mamlakatda tibbiyot sohasidagi islohotlarga hissa qo‘shish maqsadida ekanini bildirdi.
Tomonlar O‘zbekiston shifokorlari uchun Sarvodaya Healthcare shifoxonasining Onkologiya instituti negizida malaka oshirish kurslarini tashkil etish istiqbollarini muhokama qildi. Dastlabki bosqichda Namangan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari onkolog mutaxassislarini bir oy muddatga Hindistonga taklif etish imkoniyatlari o‘rganildi.
Mazkur amaliyot muntazamlik asosida davom ettirilib, har oyda 8-10 nafar o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini institutda hindistonlik hamkasblari bilan tajriba almashishi, sohadagi so‘nggi ilmiy yutuqlar bilan yaqindan tanishishi uchun sharoit yaratilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
15:30 / 22.05.2025