Pekinda kuchli yomg‘irlar tufayli «qizil» ogohlantirish darajasi e’lon qilindi
Xitoy poytaxtida misli ko‘rilmagan yog‘ingarchilik tufayli transport aloqalari uzildi, maktablar yopildi, qurilish ishlari to‘xtatildi. Rasmiylar o‘n minglab odamlarni evakuatsiya qildi. Halok bo‘lganlar haqida xabar berilgan.
Xitoy poytaxti rasmiylari Pekinda 31 iyul, dushanba kuni sodir bo‘lgan kuchli yomg‘irlar fonida geologik ofatlar va meteorologik xavflar bo‘yicha eng yuqori «qizil» ogohlantirish darajasini e’lon qildi. Sababi, shaharning ayrim hududlarida kichik daryolar qirg‘oqlaridan toshib ketishi, ko‘chki, sel, tuproq cho‘kishi xavfi kuchaygan.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, Pekinda shanbadan dushanbagacha o‘rtacha 182 mm yomg‘ir yog‘di. Poytaxt chekkasidagi Fangshanda joylashgan qishloqlardan birida 500,4 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan. Pekinda «Doksuri» to‘foni Xitoyga olib kelgan kuchli jala tufayli 31 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Ikki kishi yomon ob-havo oqibatlari qurboniga aylangan.
Xitoy poytaxtida 4000 dan ortiq qurilish obektlarida ishlar to‘xtatildi, maktablar yopildi. Dushanba kuni ertalab Pekin aeroportlari 180 dan ortiq reyslarni bekor qildi. Poytaxtning 350 dan ortiq yo‘nalishlarida harakat to‘xtatildi, 275 ta avtobus yo‘nalishi uzilishlar bilan ishlamoqda, shahar atrofidagi bir qancha hududlarda poyezdlar harakati to‘xtatildi. Shaharning ayrim hududlarida metro ishlamayotgani haqida xabar berilgan.
Dam olish kunlari janubiy Futszyan provinsiyasida yomg‘irlar tufayli yuz minglab odamlar evakuatsiya qilindi. Xebey, Tyanszin va sharqiy Shansi provinsiyalarida ham kuchli jala yog‘ishda davom etmoqda. Ayni paytda meteorologlar shu hafta Xitoyni qamrab oladigan yangi «Xanun» to‘foni yaqinlashayotganidan ogohlantirmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 28.10.2024
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati ko‘tariladi
21:35 / 09.10.2024
Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
14:55 / 12.08.2024