To‘ra Bobolov tumanga hokim bo‘ldi
U Surxondaryo viloyati hokimligidan ketganidan keyin Savdo-sanoat palatasida ishlayotgandi.
To‘ra Abdiyevich Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Yangi O‘zbekiston nashri xabar bermoqda.
To‘ra Bobolov 1970 yilda tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1994 yildan 2003 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2003-2004 yillarda Surxondaryo viloyati Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016-2017 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.
2019 yil aprelida Surxondaryo viloyati hokimiga aylangan, 2022 yil dekabrida ishdan olingan, 2023 yil fevralida esa Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Oqqo‘rg‘on tumaniga 2022 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Alisher Karimjonov prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiya masalalarida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘ndan ortiq shahar va tumanlar hokimlari qatorida ishdan olingandi.
Mavzuga oid
19:57
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024