Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kompaniyasi Ukrainada dronlarni ta’mirlash markazini quradi
Ukraina Mudofaa vazirligi Turkiyaning Baykar kompaniyasi bilan mamlakatda Bayraktar dronlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
«Biz kelishuvga erishdik, yaqin vaqt ichida markaz tashkil etiladi. Biz uchun Ukrainada dronlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z bazamizni yaratish muhim», - dedi Ukraina Mudofaa vazirligi davlat kotibi Konstantin Vashchenko.
2022 yilda Reuters agentligi Baykar kompaniyasi ikki yil ichida Ukrainada dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Avvalroq Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin mamlakatda Turkiyaning Bayraktar uchuvchisiz samolyotlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlanganini ma’lum qilgandi.
8 iyul kuni Turkiya va Ukraina o‘rtasida dronlarni birgalikda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Turkiyaning Baykar kompaniyasi bosh direktori Xoluq Bayroqtor so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2025 yilda Ukrainada Bayraktar TB2 va Bayraktar Akinci dronlarini ishlab chiqarishni boshlaydi.
Ukrainada Bayraktar zarba beruvchi dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurish rejalari haqida Turkiyadagi elchi Vasiliy Bodnar 2022 yil avgust oyida e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:37 / 27.05.2025