Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Nigerda to‘ntarish uyushtirganlar amaldorlarni qo‘lga olganini qoraladi
Bryussel Nigerdagi hokimiyat to‘ntarishini «qabul qilib bo‘lmaydigan» deb atadi. Yevropa Ittifoqi qo‘lga olingan vazirlar va Muhammad Bazum ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlarini «zudlik bilan ozod qilishga» chaqirdi.
Yevropa Ittifoqi Nigerda prezident Muhammad Bazum ma’muriyatidagi vazirlar va yuqori martabali amaldorlarning to‘ntarish uyushtirganlar tomonidan qo‘lga olinishini qoralaydi. Bu haqda 1 avgust, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
«Biz ularni zudlik bilan ozod qilishga chaqiramiz», dedi u.
Bryussel Nigerdagi hokimiyat to‘ntarishini «qabul qilib bo‘lmaydigan» deb atadi. Yevropa Ittifoqi G‘arbiy Afrika iqtisodiy hamjamiyatining (ECOWAS) sodir bo‘lgan voqealarga javoban ko‘rgan barcha choralarini qo‘llab-quvvatlaydi va ularga «tez va qat’iy» yordam beradi. Yevropa Ittifoqi Niger xalqining Bazum saylanishi bo‘yicha «ovoz berish paytida bildirilgan» xohish-irodasini hurmat qilishga chaqirdi.
Bryussel fikricha, to‘ntarish ishtirokchilari tinch aholiga, diplomatik xodimlarga yoki mavjud obektlarga «har qanday hujumlar» uchun javobgardir.
ECOWAS avvalroq davlat to‘ntarishini uyushtirgan harbiylarga Bazumni ozod qilish va konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun bir hafta vaqt berayotganini bildirgan edi. Agar bu amalga oshmasa, ECOWAS «barcha choralar», jumladan, kuch ishlatishga tayyor. «Niger fuqarolari va ularning mol-mulkiga nisbatan zo‘ravonlik va terror uchun javobgar bo‘lgan barcha shaxslar javobgarlikka tortiladi», deyiladi Abuja sammiti bayonotida. Ittifoqqa a’zo bo‘lgan Niger bilan barcha savdo va moliyaviy aloqalar to‘xtatiladi, deya ma’lum qildi ECOWAS. Nigerning ushbu hamjamiyat mamlakatlari markaziy banklaridagi aktivlari muzlatib qo‘yildi, to‘ntarish uyushtirganlar qarshi sanksiyalar qo‘llanilmoqda.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025