Fitch reyting agentligi AQSh reytingini pasaytirdi
Oq uy Fitch reyting agentligi tomonidan AQShning kredit reytingi pasaytirilganidan norozi. U yerda bu «haqiqatga zid», deya ma’lum qilindi.
Fitch reyting agentligi AQShning uzoq muddatli reytingini AAA dan AA+ ga tushirdi, deyiladi 1 avgust, seshanba kuni e’lon qilingan rasmiy xabarda. Reytingning pasayishi «kelgusi uch yil ichida fiskal holatning kutilayotgan yomonlashuvini, hukumatning yuqori va o‘sib borayotgan qarz yukini va boshqaruvning yomonlashuvini aks ettiradi», deya ta’kidlaydi Fitch.
To‘lov qobiliyatining eng yuqori darajasi, ya’ni defoltning minimal xavfini bildiruvchi AAA kamida 1994 yildan beri Fitch reytingida AQSh tomonidan ushlab turilgan. Moody's AQShga eng yuqori AAA reytingini berishda davom etmoqda, S&P esa 2011 yilda reytingni AA+ (yuqori to‘lov qobiliyati, defoltning past ehtimoli)ga tushirgan.
«Biz bu qarorga qat’iyan rozi emasmiz. Prezident Jo Bayden dunyodagi eng kuchli iqtisodlardan birida eng katta tiklanishga erishganida, reytingni pasaytirish haqiqatga ziddir», dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per seshanba kuni bergan bayonotida.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024